Kartaga o‘tkazma
Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchining O‘zbekistondagi kartasiga tushadi.
AsiaSend orqali pul yuboring — qulay, tez va ortiqcha almashinuvlarsiz. Kartaga yoki bankda naqd pulda.
Taxminiy hisob. Yakuniy kurs va komissiya tasdiqlashdan oldin ilovada ko‘rsatiladi.
Karta va to‘lov tizimidan qat’i nazar, pulni qulay yuboring.
Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchining O‘zbekistondagi kartasiga tushadi.
Karta shart emas: qabul qiluvchi naqd pulni hamkor bankda pasport bilan oladi.
AsiaSend’ni App Store yoki Google Play’dan yuklab oling.
Hujjat va selfi — bir marta, ilovaning o‘zida.
Usulni tanlang, summani kiriting va kursni tekshiring.
Kartaga yoki hamkor bankda naqd pulda.
Har bir operatsiya va to‘lov ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qilamiz.
Har bir operatsiya ma’lumotlari himoyalangan kanallar orqali uzatiladi.
To‘lov va shaxsiy ma’lumotlaringizni ehtiyotkorlik bilan saqlaymiz.
Hujjat va selfi akkauntdan aynan siz foydalanayotganingizni tasdiqlaydi.
Yaqinlaringizga pul yuborish va xizmatlar uchun to‘lash — bankka bormasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovadan:
Boshlash uchun elektron pochta orqali kiring va shaxsingizni bir marta tasdiqlang.
Qabul qiluvchida karta bo‘lmasa, shu usul qulay: u AQSh dollarini O‘zbekistondagi hamkor bankda naqd oladi, siz esa rublda to‘laysiz.
Ma’lumotlar qabul qiluvchining pasporti bilan bir xil bo‘lsin — bank naqd pulni shular bo‘yicha beradi.
Hamkor banklar ro‘yxatini ilova o‘tkazmani rasmiylashtirish paytida ko‘rsatadi.
«Asosiy» ekrandagi «O‘tkazma kalkulyatori»da summani kiriting. Qabul qiluvchi qancha olishi, joriy vaqt holatiga kurs, komissiya va «Jami to‘lov» ko‘rinadi. Kalkulyatorda komissiya o‘tkazma summasiga qo‘shiladi. Har bir to‘lovdan oldin ilova kurs, komissiya va yakuniy summani yana bir bor ko‘rsatadi — hammasi ma’qul bo‘lsagina to‘lang.
«Asosiy» ekranda yoki «Yana» bo‘limida «Tekshiruvdan o‘tish» tugmasini bosing. O‘tkazma yoki to‘lovni tekshiruvdan oldin boshlasangiz, ilova avval shaxsingizni tasdiqlashni taklif qiladi. Shaxsingiz tasdiqlangach, o‘tkazma va to‘lovlar ochiladi.
«Yana» → «Qo‘llab-quvvatlash» bo‘limini oching:
Savol aniq bir o‘tkazma haqida bo‘lsa, chekdagi tranzaksiya ID raqamini yozing — shunda uni topish osonroq bo‘ladi. AsiaSend yangiliklarini kuzatib boring: Telegram — @Asiasend_official, Instagram — @asiasend.app, shuningdek YouTube va VK.
Yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — yordam beramiz. Murojaat shakli orqali yozish
Faqat ilovani yuklab olish qoldi.

